
Joriy yilning 22 dekabr kunidan boshlab Qorakoʻl tumani Xalqaro matematika maktabida matematika fani oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan 1-Respublika olimpiadasi start olgan edi. Olimpiadani oʻtkazishdan asosiy maqsad taʼlim muassasalarining pedagog-oʻqituvchilari orasidan matematika fani boʻyicha ilgʻor, tashabbuskor va ijodkor pedagoglarni aniqlash, ulardagi qobiliyatlar, kasbiy mahoratni roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish hamda ularni qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir.
3 kun davom etgan murosasiz bellashuvlarda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan lider matematiklar oʻzaro kuch sinashdilar. Oʻzaro tajriba almashish imkonini tugʻdirgan mazkur musoboqa yakunlariga koʻra birinchi oʻrinni Gʻafforav Sardor-Toshkent Qorakoʻl maktabi, ikkinchi oʻrinni esa Jumayev Zafar-Navoiy Qorakoʻl maktabi oʻqituvchisi egallagan boʻlsa, uchinchi oʻringa esa Olot tumani 10 maktab oʻqituvchisi Doniyorjon Hamroyev loyiq koʻrildi. Gʻoliblarni chin qalbimizdan tabriklaymiz. Navoiy-Qorakoʻl maktabi uztozimiz Zafar Jumayev domlaga omad tilaymiz yutuqlari bardavom boʻlishini tilab qolamiz.
