

Al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasining respublika bosqichi gʻoliblari taqdirlandi
Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 7-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Olimpiada ishtirokchilarining bilimi test va yozma ish topshiriqlari boʻyicha baholandi. Barcha natijalar umumlashtirilib, har bir fan kesimida gʻolib oʻquvchilar aniqlandi.
NAVOIY-QORAKOʻL MAKTABI 8-“D” sinf oʻquvchisi Umidjonov Jahongir kimyo fanidan 🥉3- oʻrinni qoʻlga kiritdi.
